O‘zbek tili korpusi haqida

O‘zbek tilining ushbu elektron korpusi bir necha yillik olib borilgan tadqiqotlar ilmiy hamkorlik va loyihalardan olingan natijalar mahsuli hisoblanadi. O‘zbek tili korpusining joriy holatida o‘zbek tilida yaratilgan lingvistik lug‘atlar, web sahifalar, o‘zbek tilining morfologik ma’lumotlar bazasi, o‘quv adabiyotlar hamda turli janrdagi ilmiy, rasmiy va badiiy matnlar majmuasidan tashkil topgan. Korpus –og‘zaki va yozma matnlar yig‘indisi sifatida, ma’lumotlarni boshqarish va foydalanish imkoniyatiga ega dasturiy ta’minot hisoblanadi.

    Ushbu korpusning tarkibida ichki –subkorpuslar ham mavjud:
  • Parallel korpus
  • Mualliflik korpusi
  • Ta’limiy korpus
Shuningdek, turli lingvistik resurlar o‘zbek tilining tezaurusi, ingizcha-o‘bekcha fe’lli frazemalar lug‘ati hamda boshqa lingvistik lug‘atlar o‘rin olgan.